Angliya, Daniya va Shveytsariya osonlik bilan g‘alaba qozondi

  • 10.10.2021 01:46
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Evropada "JCh-2022" doirasida saralash uchrashuvlari davom ettirildi bugun bir qator qiziqarli uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi. 

Andorra maydoniga safar qilgan Angliya terma jamoasi bu turda yirik 5:0 hisobida g‘alaba qozondi. Inglizlar safida Chiluell, Saka, Abraxam, Uord-Prouz va Grilish raqib darvozasini ishg‘ol etdi. 



Shuningdek, o‘z maydonida Shimoliy Irlandiyani qabul qilgan Shveytsariya ham kutilganidek muvaffaqiyat qozondi. Mezbonlar safida Tsuber va Fassnaxt raqib darvozasini ishg‘ol etishga muvaffaq bo‘ldi. 



Moldova maydoniga safar qilgan Daniya ham ishonchli g‘alabani qo‘lga kiritdi. Mehmonlar tarkibida Olsen, Ker, Nyorgor va Mexle o‘z hisobiga gol yozdirib qo‘ydi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!