Angliya grandi “Real”ning ikki yulduzi uchun 170 million to‘laydi

  • 27.09.2024 12:38
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

“Real”ning ikki legioneri faoliyatini Angliya Premer-ligasida davom ettirish imkoniga ega bo‘lib turibdi.

“Liverpul” kelasi yozda tarkibini “realchilar” bilan kuchayitirishni mo‘ljallamoqda. Todofichajes nashrining yozishicha,  mersisaydliklar nishoniga Rodrigo va Orelen Tchuameni tushdi.

Braziliyalik hujumchi 90 million evroga baholanmoqda. Frantsiyalik yarim himoyachi uchun kamida 80 million evro to‘lash talab etiladi.

Transfer bo‘yicha mutaxassislar liverpulliklarga bu savdoni uddalash qiyin bo‘lishini ta’kidlamoqda. Chunki har ikki o‘yinchi Madridda o‘zini baxtiyor his qilmoqda va muntazam sovrinlarni qo‘lga kirityapti.

Qolaversa, “Qirollik klubi”ham hali yosh bo‘lgan bu o‘yinchilar xizmatidan uzoq muddat foydalanishni rejalashtirgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!