
Angliya kubogi. Dramatik bahsda MYu "Liverpul"ni taslim etib, yarim finalga yo‘l oldi
Angliya kubogi chorak finalidan o‘rin olgan "Manchester Yunayted" - "Liverpul" bahsi bo‘lib o‘tdi. Unda "qizil iblislar" 4:3 hisobida raqibidan ustun keldi.
Mankunialiklar tarkibida Maktominey, Antoni, Reshford hamda Diallo gol urgan bo‘lsa, "qizillar" safida Makalister, Saloh hamda Elliot raqib darvozasini ishg‘ol qildi. Qayd etish lozim, o‘yin penaltilar seriyasiga qarab ketayotgan bir paytda, aniqrog‘i, 120+1-daqiqada Diallo "Liverpul" darvozasini ishg‘ol etib, jamoasiga g‘alaba keltirdi va gol nishonlash chog‘ida libosini echgani tufayli ikkinchi sariq kartochkasini olib, maydondan chetlashtirildi.
Fikrlar