
Angliya Superkubogi uchrashuvi sanasi e’lon qilindi
Angliya Superkubogi uchun kechadigan bellashuv qachon o‘tkazilishi ma’lum bo‘ldi.
Angliya futbol assotsiatsiyasi rasmiy sayti tarqatgan xabarga ko‘ra, mavsumning eng kuchli jamoasi nomini aniqlab beradigan ushbu uchrashuv 29 avgust kuni Londondagi “Uembli” stadionida o‘tkaziladi.
Aytish kerakki, shu kuni Angliya premer-ligasi g‘olibi hisoblangan “Liverpul” Angliya kubogi finalida bellashadigan “Arsenal” hamda “Chelsi” jamoalari g‘olibiga qarshi maydonga tushadi.
Ma’lumot uchun, Angliya Superkubogining amaldagi g‘olibi “Manchester Siti” klubi hisoblanadi.
Fikrlar