
Angliya terma jamoasi jiddiy yo‘qotishlarga uchradi
Oktyabr oyidagi o‘yinlar oldidan Angliya milliy terma jamoasi naqd uch futbolchisini yo‘qotdi.
"The Dail Mail" nashrining ma’lumotiga ko‘ra, Kobbi Maynu Gretsiya va Finlyandiyaga qarshi o‘yinlarda qatnashmaydi. "Manchester Yunayted" yarim himoyachisining son qismida avvaldan muammo bor edi va ehtiyot chorasi sifatida unga dam berishga qaror qilindi.
Himoyachi Ezri Konsa ham "Aston Villa"ning "Manchester Yunayted"ga qarshi o‘yinida sonidan jarohat oldi. Yarim himoyachi Morgan Gibbs-Uayt esa "Nottingem Forest"ning "Chelsi" bilan o‘yinida tizzasidan jarohat olgan.
Jamoa sardori Harri Keyn ham aslitda bo‘lajak yig‘inni o‘tkazib yuborishi mumkin edi. Ammo keyinchalik maxlum bo‘lishicha, uning shikastlanishi jiddiy bo‘lib chiqmadi.
Fikrlar