Angliya yulduzi mundialda o‘ynamaydigan bo‘ldi
Angliya terma jamoasi himoyachisi Tino Livramento 2026 yildgi jahon chempionatini o‘tkazib yuboradi. Bu haqida The Athletic nashri xabar berdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, futbolchi mushagidan olgan jiddiy jarohati tufayli musobaqada ishtirok eta olmaydi.
17 iyun kuni Angliya terma jamoasi jahon chempionatidagi ilk uchrashuvini Xorvatiyaga qarshi o‘tkazadi. Qoidalarga ko‘ra, jamoalar 26 nafar futbolchidan iborat yakuniy ro‘yxatga o‘zgarish kiritish huquqiga ega, ammo buni guruh bosqichidagi birinchi o‘yindan kamida 24 soat oldin va faqat futbolchida jiddiy jarohat aniqlanganda amalga oshirish mumkin.
Universal himoyachi Livramentoning o‘rnini Trevo Chaloba egalaydi. U bugunga qadar Angliya terma jamoasi safida faqat bitta o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga tushgan.
Jahon chempionatining guruh bosqichida Angliya futbolchilari Xorvatiyadan tashqari yana Gana (23 iyun) va Panama (26 iyun) terma jamoalariga qarshi maydonga tushadi.

Fikrlar