Angliyada qaysi jamoa chempion bo‘lishi aytildi

  • 1 aprel, 2024, 22:08
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

Angliya Premer-ligasining 30-turidan keyin musobaqa jadvalining yuqori qismida o‘zgarish bo‘ldi.

Tecno

Yurgen Klopp boshchiligidagi “Liverpul” qiyin o‘tgan uchrashuvda “Brayton” ustidan 2:1 hisobida irodali g‘alabaga erishdi.

Amaldagi chempion “Manchester Siti” o‘z maydonida “Arsenal”ni engolmadi. Bellashuvda har ikki jamoa o‘z darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi.

Bu natijalardan keyin “Liverpul” birinchi o‘ringa ko‘tarilib oldi.

Opta statistika portali 30-turdan keyin jamoalarning chempion bo‘lish imkoniyatini hisob-kitob qilib chiqdi. Unga ko‘ra, “Livepul”ning mavsumni birinchi o‘rinda yakunlash imkoniyati 48 foizga baholandi.

Ochko yo‘qotgan “Manchester Siti”ning chempionlikni saqlab qolish imkoniyati 46 foizdan 34 foizga pasaydi.

“Arsenal” ko‘rsatkichlari o‘zgarishsiz qoldi. Mikel Arteta shogirdlarining chempionlik ulushi 19 foizga tengligi qayd etilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Liverpool-Afzal
01/04/2024 22:27
Ливерпуль чемпион