
Anri murabbiylik faoliyatini Evropaning kuchli terma jamoada davom ettirishi mumkin
Terri Anri murabbiylik ishiga qaytishi mumkin. Jurnalist Sasha Tavolierining xabariga ko‘ra, 47 yoshli Anri Belgiya milliy terma jamoasi bosh murabbiyi lavozimiga asosiy nomzod hisoblanmoqda. Ushbu lavozimni hozirda Domenik Tedesko egallab turibdi, ammo uning uzoq vaqt qolishi ehtimoldan yiroq.
Tavolierining ma’lumotiga ko‘ra, Belgiya Qirollik Futbol Assotsiatsiyasi Anrining nomzodini sinchiklab o‘rganmoqda. Shuningdek, Erik ten Xag va Mark van Bommelning nomlari ham muhokama qilinmoqda, agar milliy jamoa bosh murabbiyi almashtirilsa, Anri birinchi variant sifatida ko‘rib chiqiladi.
Shuni ta’kidlash kerakki, Terri Anri avvalroq Belgiya terma jamoasida Roberto Martinesning murabbiylar shtabida ishlagan. Frantsuz futbolchisi "qizil iblislar"ning etakchilari, xususan, Kevin de Bryuyne va Romelu Lukaku bilan yaxshi munosabatlarga ega.
Fikrlar