
Antoni: "Barsa"ni yutish imkonsiz emas, sababi "Real"ni mag‘lub etdik"
5 aprel kuni La Liga turnir jadvalida 6-o‘rinni egallab turgan Manuel Pellegrini boshchiligidagi jamoa 30-turda peshqadam "Barselona" mehmoni bo‘ladi.
Antoni "Real Madrid" ustidan qozonilgan g‘alabadan so‘ng "Betis"ning "Barselona"ni engishiga ishonch bildirmoqda.
- Bu juda murakkab o‘yin bo‘ladi. "Barselona" jamoasi qanchalik kuchli ekanini bilamiz, shuning uchun jiddiy tayyorgarlik ko‘rishimiz kerak. U erda a’lo darajada o‘ynash uchun nima qilishimiz kerakligini yaxshi tushunamiz.
- "Betis" Flik jamoasini mag‘lub eta oladimi?
- Yaxshilab tayyorgarlik ko‘rishimiz, "Barselona"dagi vaziyatni sinchiklab o‘rganishimiz lozim. Bu imkonsiz emas, sababi biz "Real Madrid"ni mag‘lub etdik. Ajoyib o‘yin ko‘rsatishimiz shart, - dedi braziliyalik vinger.
Ma’lumot uchun, 1 mart kuni Sevilya klubi o‘z maydonida La Liganing 26-turi doirasida "Real Madrid"ni mag‘lub etgandi (2:1).
Fikrlar