Antoni Manchesterdagi uyini tark etdi

  • 28 avgust, 13:50
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Manchester Yunayted"ning braziliyalik vingeri Antoni jamoani tark etishni juda xohlamoqda. Bu haqda Sun Sport xabar bermoqda.

Tecno

Manbaga ko‘ra, 25 yoshli futbolchi "Manchester Yunayted"dan ketishni shunchalik xohlayaptiki, hatto o‘z uyidan ham ko‘chib ketgan. Ma’lum bo‘lishicha, braziliyalik vinger aeroport yaqinidagi mehmonxonadan qo‘nim topgan.

Avvalroq, Antonining o‘tgan mavsumning ikkinchi qismida ijara asosida to‘p surgan "Betis"ga qaytishga yaqinligi haqida xabarlar tarqalgan edi.

24 yoshli futbolchi Ispaniyaning "Betis" klubi safida barcha musobaqalarda 26 ta o‘yinda maydonga tushib, 9 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmani o‘z hisobiga yozdirib qo‘ydi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!