
Antoni Marsyal endi faoliyati Ramos bilan bir klubda o‘tkazadi
Frantsiyalik hujumchi Antoni Marsyal endi "Monterrey" sharafini himoya qiladi. Bu haqda insayder Fabritsio Romano ma’lum qildi.
Marsyal 2024 yil yozida Afinaning AEK klubiga qo‘shilgandi, ammo Gretsiya chempionati ommabop bo‘lmagani uchun Evropada unga e’tibor kamaydi. U umumiy hisobda 19 o‘yinda maydonga tushib, 7 ta gol urdi.
29 yoshli futbolchi ilgari "Lion", "Monako" va "Manchester Yunayted" tarkibida ham to‘p surgan. "Monterrey"da esa hozir madridliklar afsonasi Serxio Ramos faoliyat olib bormoqda va u jamoa sardori hisoblanadi.
Fikrlar