APL. "Arsenal" o‘z uyida "Lids" darvozasiga naqd 5 ta gol urdi. Dyokeresh va Timber dublni rasmiylashtirdi

  • 23.08.2025 23:19
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol

Angliya Premer-ligasining ikkinchi turida Mikel Arteta boshchiligidagi "Arsenal" "Lids" bilan to‘qnash kelib, 5:0 hisobida g‘alaba qozondi. 
 
To‘qnashuvning 34-daqiqasida Timber hisobni ochdi, 45+1-daqiqada esa Saka oradagi farqni 2 taga etkazib qo‘ydi. Ikkinchi bo‘limning startida esa Viktor Dyokeresh Premer-ligadagi ilk golini kiritdi. 8 daqiqa o‘tib esa Timber dublni rasmiylashtirdi. Shuningdek, ikkinchi bo‘limga qo‘shib berilgan daqiqalarda Viktor penaltidan unumli foydalanib, dubl muallifi bo‘ldi.
 
Ma’lumot o‘rnida, "kanonirlar" ushbu g‘alaba orqali ochkolar soni 6 taga etdi va "Tottenxem" bilan tenglashib oldi. "Lids"ning hisobida esa 3 ochko mavjud.

  • Angliya - Premier Liga
  • Joriy Mavsum
19.png

Arsenal

  • Bukayo Saka 45'
  • Viktor Gyökeres 48'
  • Jurriën Timber 56'
  • Viktor Gyökeres 90'
  • Jurriën Timber 34'
Tugadi
5 : 0

23.08.2025 21:30

71.png

Leeds United

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!