APL klubi «Barselona» yarimhimoyachisini sotib olmoqchi
«Barselona» yarim himoyachisi Mark Kasado bu yozgi transfer oynasida jamoasini o‘zgartirishi mumkin. Ispaniyalik futbolchiga Angliya chempionati klublaridan biri jiddiy qiziqish bildirmoqda.
Mundo Deportivo nashri xabariga ko‘ra, 22 yoshli Kasado «Sanderlend» klubiga o‘tishga yaqin turibdi.
Shu bilan birga, futbolchi hali o‘z kelajagi borasida yakuniy qaror qabul qilmagani aytilmoqda. Ma’lumotlarga ko‘ra, yarim himoyachi yangi mavsum uchun «Barselona» murabbiylar shtabi rejalariga kirmagan.
Mutaxassislar Mark Kasadoning ehtimoliy transfer qiymatini 18 million yevro atrofida baholamoqda.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan mavsumda Kasado Ispaniya chempionatida «Barselona» tarkibida 24 ta o‘yin o‘tkazdi. U shu bahslarda bir bor golli uzatma amalga oshirgan va bir marta ogohlantiruvchi sariq kartochka olgan.

Fikrlar