
APL klubi etakchi forvardi bilan shartnomani uzaytirdi
“Sautgempton” klubi hujumchi Sheyn Long bilan amaldagi shartnomani uzaytirdi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar tarqatmoqda.
Unga ko‘ra, 33 yoshli irlandiyalik futbolchi APL klubi bilan 2022 yilga qadar tuzilgan shartnomaga imzo chekdi.
Ma’lumot uchun, Long “Sautgempton” safida 2014 yildan buyon to‘p surib kelmoqda. U o‘tgan davr mobaynida 200 dan ortiq uchrashuvda maydonga tushdi va raqiblari darvozasiga 35 ta gol urdi.
Fikrlar