
APL klubi Felishni sotib olmoqchi
"Aston Villa" klubi bosh murabbiyi Unai Emeri jamoani tark etgan Mussa Diabi o‘rnini transfer huquqi "Atletiko"ga tegishli bo‘lgan Joau Felish bilan to‘ldirmoqchi.
Eslatib o‘tamiz, yaqindagina "Aston Villa" bilan xayrlashgan Mussa Diabi Saudiyaning "Al Ittihod" klubi bilan shartnoma imzoladi.
Joau Felish esa o‘tgan mavsumni to‘liq ijara asosida "Barselona"da o‘tkazgandi. Uning transfer huquqi Madridning "Atletiko" klubiga tegishli.
Qayd etilishcha, Joau "matraschilar" bosh murabbiyi bilan aloqasi yomon va u jamoani tark etishga rozi. "Atletiko" Felish uchun 60 million evro so‘ramoqda.
Fikrlar