
APL klubi Tchuamenini o‘z safiga qo‘shib olmoqchi
"Liverpul" chempionlik uchun imkoniyatlarni oshirish maqsadida qishki transferlar oynasida tarkibni kuchaytirmoqchi. Shu maqsadda klub "Real Madrid"ning asosiy yarim himoyachisi Orelen Tchuameniga qiziqish bildirmoqda. Bu haqda "Team Talk" nashri xabar berdi.
Manba ma’lumotlariga ko‘ra, "qirollik klubi" frantsiyalik futbolchini 100 million funt sterlingga baholamoqda. Biroq, mersisaydliklar tarkibni kuchaytirish uchun bu summani to‘lashga tayyor.
Ma’lumot uchun, joriy mavsumda Tchuameni barcha turnirlarda 14 ta o‘yinda qatnashib, natijaviy harakatlar qayd etgani yo‘q. Futbolchining "Los-Blankos" bilan amaldagi shartnomasi 2028 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan.
Fikrlar