
APL "Manchester Siti"ni jazoladi
Angliya Premer-ligasi va "Manchester Siti" klub o‘rtasida sanktsiyalar bo‘yicha kelishuvga erishildi. 2024/2025-yilgi mavsum davomida "shaharliklar" 9 ta o‘yinda belgilangan qoidani — ya’ni jamoalar o‘yinning birinchi bo‘limi va ikkinchi bo‘limi boshlanishiga vaqtida chiqishi kerakligini buzgan.
Mazkur 9 ta holatning barchasida "Manchester Siti" ikkinchi taymga kechikkan. Bundan tashqari, dekabr oyida bo‘lib o‘tgan "Manchester Yunayted"ga qarshi derbida Xosep Gvardiola jamoasi birinchi taymga ham kechikishga ulgurgan.
Natijada "Manchester Siti" umumiy hisobda 1,08 million funt sterling miqdorida jarimaga tortildi.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan Angliya chempionatida "Manchester Siti" turnir jadvalini uchinchi o‘rinda yakunlagan edi.
Fikrlar