APL. "Manchester Yunayted" autsayderni mag‘lubiyatga uchrata olmadi
Angliya Premer-ligasining 14-turidan o‘rin olgan so‘nggi bahs ham o‘z nihoyasiga etdi.
Ruben Amorim boshchiligidagi "Manchester Yunayted" bu turda "Vest Xem" bilan kuch sinashib, 1:1 hisobidagi durangga imzo chekdi.
Uchrashuvning 58-daqiqasida Dalot hisobni ochishga muvaffaq bo‘ldi. Lekin 84-daqiqada esa Magassa MYu darvozasini ishg‘ol qilgan holda, oradagi farqni yo‘qqa chiqazdi va o‘yin 1:1 bilan yakunlanishini ta’minladi.
Ma’lumot o‘rnida, "qizil iblislar" 22 ochko bilan 8-o‘rinda bormoqda, "Vest Xem" esa 12 ochko bilan 18-o‘rinni band qilib turibdi.
- Angliya - Premier Liga
- Joriy Mavsum
Manchester Yunayted
- Diogo Dalot 58'
Tugadi
1
:
1
05.12.2025 01:00
Vest Hem Yunayted
- Soungoutou Magassa 83'
Fikrlar