
APL Saudiya shahzodasining ishini ortga surmoqda. Bu ketishda u A Seriya klubini sotib olishi mumkin
Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi Muhammad bin Salmon Al Saud "Nyukasl"ni sotib olish fikridan qaytishi mumkin. Gap shundaki, Angliya premer-ligasi rahbariyati 300 million funtlik shartnomani rasmiylashtirishni paysalga solishyapti.
Mirror nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, bu ketishda shahzodaning sabri chidamasligi va shundan so‘ng u futbolga sarmoya kiritishning boshqa yo‘llarini qidirishni boshlashi mumkin.
Unga bunday takliflarni bildirishi mumkin bo‘lgan klublardan biri bu - "Roma". Rimliklar xo‘jayini Jeyms Palotta shaxsan Salmon bilan bog‘langan va unga jamoani sotish istagida ekanini bildirgan.
Fikrlar