APLda yangi qoida joriy etildi: Hakam va raqibga qarab atayin yo‘talgan futbolchi maydondan chetlatiladi

  • 3 avgust, 2020, 16:53
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Angliya futbol assotsiatsiyasi (FA) hakamlar uchun o‘yin paytida futbolchilarning xatti-harakatlariga tegishli bo‘lgan yangi ko‘rsatmalarni ishlab chiqdi. Bu haqda The Times nashri xabar tarqatmoqda.

Tecno

Unga ko‘ra, kimda-kim pandemiya davrida uchrashuvda hakam yoki raqib futbolchisiga qarab atayin yo‘talsa, darhol maydondan chetlatiladi.

Shuningdek, hakamlar gollarni nishonlash paytida ijtimoiy masofaga rioya qilishni nazorat qilmaydi va futbolchilarni tupurganliklari uchun jazolamaydi.

FA’ning yangi qoidasi mamlakatdagi barcha rasmiy musobaqalar - Premer-liga, Chempionship, Angliya kubogi va Angliya liga kubogi o‘yinlarida amal qiladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!