APLning grand klubi Yildizni sotib olishi mumkin

  • 28 dekabr, 2024, 13:01
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Angliya Premer-ligasining “Liverpul” klubi Kenan Yildiz bo‘yicha “Yuventus”ga taklif yubormoqchi. 
 
Mersesaydliklar bir necha kundan buyon Muhammad Saloh va Luis Diasning shartnomasini uzaytirish bo‘yicha ish olib bormoqda. Shu bilan birga ikki hujumchiga o‘rinbosar sifatida qishki tranferlar oynasida futbolchi xarid qilishni maqsad qilib qo‘ygan. 
 
“Corriere dello Sport” nashrining xabar berishicha, Slot klubi uchun Yildiz eng yaxshi variant sifatida ko‘rilmoqda. Turkiyalik futbolchi ham qishda o‘z jamoasini o‘zgartirishga qarshi emasligini bildirgan. Manbaning yozishicha, italiya klubi vinger uchun atigi 40 million evro so‘ramoqda. 
 
Hozir APL va EChLda peshqadam bo‘lib turgan klub bir necha kun oldin Kenandan tashqari PSJ hujumchisi Randal Kolo-Muaniga ham katta qiziqish bildirgan edi. 
 
Ma’lumot o‘rnida, 19 yoshli yosh iqtidor egasi bu mavsum “Yuventus” safida 24 ta uchrashuvda ishtirok etib, 4 ta gol va 5 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan. Uning klub bilan shartnomasi 2029 yilgacha mo‘ljallangan bo‘lib, Transfermarkt portalidagi narxi 45 million evro deb baholanmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!