
AQSh va O‘zbekiston o‘yiniga bir kun qoldi
O‘zbekiston terma jamoasi ertaga 7 mart kuni tennis bo‘yicha “Devis kubogi“ musobaqasining pley-off bosqichida AQSh termasiga qarshi safarda bahs olib boradi.
8 mart kuniga qadar davom etadigan mazkur o‘yinda mamlakatimiz sharafini Denis Istomin, Humoyun Sultonov, Sanjar Fayziev va Olimjon Nabiev kabi tennischilarimiz himoya qiladi.
Kuni kecha o‘tkazilgan qur’a natijasiga ko‘ra, dastlabki bahsda mamlakatimizning birinchi raqamli tennischisi Denis Istomin mezbonlar vakili Rayli Opelkaga qarshi o‘yin o‘tkazsa, Sanjar Fayziev ilk o‘yinida Teylor Frits bilan to‘qnash keladi.
Ikkinchi kungi uchrashuvlarda Mayk va Bob Brayan tandemi Sanjar Fayziev va Denis Istomin juftligini sinovdan o‘tkazadi. Yakkalik bellashuvlarining navbatdagi bahsida Teylor Frits - Denis Istomin hamda Rayli Opelka - Sanjar Fayziev o‘zaro raqobatlashadi.
Eslatib o‘tamiz, musobaqa doirasida 2015 yili Toshkentda O‘zbekiston va AQSh terma jamoalari o‘zaro raqobatlashgan. Unda amerikalik tennischilar 3:1 hisobida zafar quchgan edi.
Fikrlar