
"Aral" bosh murabbiyi: "Birinchi bo‘limda kiritgan ikkita golimiz o‘yin taqdirini hal qildi"
Pro liganing 12-turidan o‘rin olgan “Aral” – “Sho‘rtan” (2:0) uchrashuvidan keyin mezbonlar bosh murabbiyi Ne’matullo Quttiboev quyidagicha munosabat bildirdib o‘tdi:
- Bugungi g‘alaba bilan jamoamizni va muxlislarimizni tabriklayman. Juda og‘ir uchrashuv bo‘ldi. Futbolchilarimizga rahmat aytmoqchiman. Bellashuv kurashlarga boy o‘tdi. Ikkinchi taymda natija uchun o‘ynadik. O‘ylaymanki, birinchi bo‘limda kiritgan ikkita golimiz o‘yin taqdirini hal qildi.
- Zaxiradan maydonga tushirilgan o‘yinchilardan ko‘nglingiz to‘ldimi?
- Yomon deb bo‘lmaydi. Arslan Yusupbaev jarohatidan keyin endi maydonga qaytdi. O‘yinni buzmadi, yaxshi.
Fikrlar