
Arauxo "Barselona"dan ketishga rozi. Faqat...
Ronald Arauxo "Yuventus"ga o‘tishga rozilik bildirdi. Bu haqda "La Gazzetta dello Sport" nashri xabar berdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, turinliklar sport direktori Kristiano Juntoli ispaniya fuqaroligiga ega bo‘lgan urugvaylik himoyachini jamoaga qo‘shish uchun katta kuch sarflamoqda. Hozirda "Yuventus" faqat Evropa Ittifoqi fuqarosi bo‘lgan o‘yinchilarni ro‘yxatga olishi mumkin. Sababi, evropalik bo‘lmagan futbolchilar uchun barcha o‘rinlar band qilingan.
Bu kelishuv klubning markaziy himoyachi lavozimiga ko‘zlagan boshqa nomzodi - David Gantsko bilan bog‘liq muzokaralardan ko‘ra osonroq va tezroq amalga oshishi mumkin.
Manbaning ma’lum qilishicha, "Yuventus" ko‘proq o‘yin amaliyotiga ega bo‘lishni istayotgan Arauxoning roziligini olgan. Himoyachi "blaugrana"da o‘zini qulay his qiladi, uning agenti shartnomani uzaytirish bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda. Biroq, jarohat tufayli uzoq vaqt maydonga tushmaganidan so‘ng, uning "Barselona" asosiy tarkibidan yana joy olishi qiyin bo‘lishi mumkin. Aynan shu sababli u karerasini davom ettirishning turli variantlarini ko‘rib chiqmoqda va "Yuventus"ning qiziqishi uni jalb etmoqda.
Fikrlar