Arbeloa: "Bu g'alaba murabbiynikı emas, futbolchilarnikı"

  • 21.01.2026 05:18
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol

"Real" bosh murabbiyi Alvaro Arbeloa Chempionlar ligasi umumiy bosqichida "Monako» ustidan qozonilgan 6:1 hisobidagi g‘alabani izohladi.

"Menimcha, bu ajoyib o‘yin bo‘ldi — o‘z stadionimizda, o‘z muxlislarimiz oldida. Futbolchilar o‘yindan zavq olishdi, go‘zal gollar urishdi. Biz aynan shuni ko‘rishni istaymiz.

Bu o‘yinni futbolchilar yutdi — o‘z mehnati va sifati bilan. Bu yangi murabbiyning xizmati emas. Men ulardan so‘ragan juda oz narsani ular darhol qabul qilishdi. Ularning munosabati va mentaliteti menga juda yoqdi. Mana shu — “Real Madrid”. Har bir madridista aynan shunday ruhni ko‘rishni istaydi", — dedi Arbeloa.

Asensioning jarohati haqida

"Umid qilamanki, jiddiy narsa emas. U shanba kuni o‘ynab, katta ish qildi, hozir biroz ortiqcha yuklama bor edi, shuning uchun unga tanaffus berishga qaror qildik".

Futbolchilar haqida

"Barcha yaxshi o‘ynadi — Mastantuono, Arda Gyuler, Vini, Kilian Mbappe, Jud Bellingem… Bugun hammaning kuni edi. Biz jamoaviy harakatlarga katta e’tibor qaratyapmiz, men juda xursandman. Rohatlanish kerak bo‘lgan kecha", — dedi Arbeloa "Movistar" efirida.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!