Arbeloa Vinisius holati haqida: "U charchagan, qarorni keyinroq qabul qilamiz"
"Real Madrid" klubi bosh murabbiyi Alvaro Arbeloa braziliyalik hujumchi Vinisius Zhuniorning holati haqida ma'lumot berdi.
Mutaxassisning so'zlariga ko'ra, futbolchining ahvoli yaxshi, ammo u milliy jamoadan katta yuklama bilan qaytgan.
"U bilan hammasi yaxshi, faqat charchagan. Karlo Anchelotti unga dam olish imkonini bermadi. Braziliya terma jamoasidagi talablar "Real"dagisiga juda o‘xshash, shuning uchun Vinisius katta yuklama bilan qaytdi. U bo‘yicha qarorni biroz keyinroq qabul qilamiz", — dedi Arbeloa "Madrid Xtra"ga.
Joriy mavsumda Vinisius "Real" safida 43 ta o‘yinda qatnashib, 17 ta gol urdi va 13 ta golli uzatma amalga oshirdi.

Fikrlar