Argentina afsonalaridan biri terma jamoadagi so‘nggi o‘yini haqida gapirdi

  • 15 iyul, 2024, 16:04
  • Jahongir Inomjonov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Benfika" va Argentina terma jamoasi yarim himoyachisi Anxel Di Mariya terma jamoa bilan so‘nggi o‘yinidagi his-tuyg‘ulari haqida gapirdi.

Tecno

- Bugungi o‘yin men uchun terma jamoadagi oxirgisi bo‘ldi. Tuyg‘ularni tasvirlab berish qiyin. Men bundan ko‘prog‘ini so‘ray olmayman, - deya Di Mariyaning so‘zlarini keltiradi jurnalist Gaston Edul.

Eslatib o‘tamiz, Anxel Di Mariyaning Argentina terma jamoasidagi so‘nggi o‘yini 2024 yilgi "Amerika Kubogi" finali bo‘lib, unda argentinaliklar Kolumbiyani mag‘lub etishdi (1:0). Futbolchi asosiy tarkibda maydonga tushdi va 117-daqiqada almashtirildi. Zaxira tomon ketayotganda, Di Mariya ko‘z yoshlarini tiyib tura olmadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!