Argentina futboli rahbari AQSh tomonidan qo‘lga olindi

  • 23.07.2026 00:28
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

AQSh Federal tergov byurosi (FBR) jahon chempionati finali yakunlangach, Nyu-York aeroportida Argentina futbol assotsiatsiyasi (AFA) prezidenti Klaudio Tapiani hibsga oldi.  Bu haqida argentinalik TN telekanali xabar berdi.

Ma'lumotlarga ko‘ra, Tapia va assotsiatsiyaning boshqa vakillaridan noutbuklar hamda mobil telefonlar olib qo‘yilgan. 

Hujjatlarda qayd etilishicha, Klaudio Tapia, AFA g‘aznachisi Pablo Tovigino va tashkilot rahbariga yaqin tadbirkor sifatida tilga olinayotgan Xavyer Faroni 30 iyul kuni Florida shtati Janubiy okrugi sudida ko‘rsatma berishi kerak.

Bu voqea AFA bilan bog‘liq moliyaviy va tijorat bitimlari yuzasidan olib borilayotgan tekshiruvlar fonida sodir bo‘ldi. Oxirgi haftalarda ayniqsa Faroni va uning rafiqasi tomonidan Janubiy Floridada kamida to‘rtta lyuks ko‘chmas mulk xarid qilinishi bo‘yicha surishtiruv faollashgan. Ushbu obyektlarning umumiy qiymati 11 million dollardan oshib ketishi aytilmoqda.

Shu bilan birga, AQSh Adliya vazirligi AFA moliyaviy faoliyati yuzasidan dastlabki tekshiruvni davom ettirmoqda. Tergovchilar tashkilot bilan bog‘liq mablag‘larning bir qismi AQSh bank tizimi orqali o‘tar ekan, ular moliyaviy firibgarlikka oid jinoyatlarga sabab bo‘lgan-o‘lmaganini aniqlashga urinayotgani ma'lum qilingan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!