Argentina oldida noxush statistikani yo‘qqa chiqarish vazifasi turibdi

  • 12.06.2026 11:41
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Argentina terma jamoasi Jahon chempionati musobaqasini FIFA reytingi yetakchisi sifatida boshlaydi.

Biroq jamoa oldida qiziq va noxush statistikani buzish vazifasi turibdi. Marca nashri ma'lumotiga ko'ra, FIFA reytingida birinchi o'rinni egallab turgan holda mundialga kelgan birorta ham terma jamoa haligacha Jahon chempionligini qo'lga kiritmagan.

Shu bois Lionel Skaloni shogirdlari nafaqat o'z chempionlik unvonini himoya qilish, balki ushbu an'anani ham yo'qka chiqarish imkoniyatiga ega.

Eslatib o'tamiz, Argentina amaldagi jahon chempioni hisoblanadi. JCh–2026 guruh bosqichida janubiy amerikaliklar Jazoir, Avstriya va Iordaniya terma jamoalariga qarshi maydonga tushadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!