Argentina termasi muvaffaqiyatsizligining sababi nimada?

  • 1 iyul, 2018, 00:21
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Argentina terma jamoasining JChdagi yurishiga yakun yasaldi. Bu kutilgan natija edi, aslida. Hech ham hayron qoladigan joyi yo‘q. Biz esa ularning muvaffaqiyatsizligi sabablarini izlashga harakat qilib qo‘rdik.

Tecno

argentina lose

15 ta o‘yinda  15 xil tarkib

Xorxe Sampaoli.  Bu mutaxassis 6 oy ichida terma jamoaga 60 ga yaqin futbolchini chaqirdi. Uning jamoasi so‘nggi daqiqalarda mundial yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.

Unda jamoa tuzish uchun vaqt juda oz edi (albatta, bunga intilgan bo‘lsa). Uning jamoasi Singapur bilan ikkita himoyachi bilan o‘ynaydi. Keyin  Ispaniyadan 1:6 hisobida mag‘lub bo‘ladi.

Umuman olganda, uning boshqaruvida jamoa 15 ta o‘yin o‘tkazdi va 15 xil tarkibda o‘ynadi.

arg line up

“U mening o‘quvchim emas. U mendan kuchliroq”, – deb aytib o‘tgan edi Marselo Belsa u haqda gapirar ekan. Qayd etish joiz, Belsaning Argentinasi 2002 yilda guruhdan ham chiqa olmagan edi. Demak, uning bu kinoyasini tushunsa bo‘ladi.

Aguero, Dibala, Iguain kerak emas, Ikardi kim o‘zi?

Sampaoli Mauro Ikardini tarkibda kiritmagani uchun  tanqid toshlari ostida qolib ketgan edi. Mantiqan olib qaraganda ham Italiya A Seriyasi  to‘purarini  mundialga olib ketmaslik, ahmoqlikning o‘zginasi.

Dibala butun turnir davomida 23 daqiqa o‘ynadi. Iguain faqat bir o‘yinda asosiy tarkibda maydonga tushdi. Aguero esa 2 ta gol kiritishga erishdi, ammo, Sampaoli katta ahamiyatga ega bo‘lgan Nigeriya va Frantsiyaga qarshi o‘yinda asosiy tarkibga uni kiritmadi.

subs

Gonsalo o‘tgan mavsum 23 ta, Dibala 26 ta, Aguero esa 30 ta gol kiritdi – jami 79  ta gol. 3 ta hujumchi uchun yomon natija emas, biroq, Frantsiyaga qarshi asosiy tarkibda o‘ynash uchun ozlik qiladi. Chunki, mahalliy chempionatda o‘ynaydigan Pavon va Mesa degan “yuqori darajali” futbolchilar ham bor.

O‘yin

argentina lose1

Shuncha  muammolarga qaramay, Argetina Rossiya maydonlarida 6 ta gol kiritishga erishdi. Shularning uchtasi – Messi, Di Mariya va Aguerolarning gollari individual mahorat evaziga kiritildi. Merkado qanday qilib gol kiritganini o‘zi ham tushunib etmagan bo‘lsa kerak. Argentinaning hujumi shakllanmagan, falajlangan markaz esa  umuman ishlamadi, himoyachilarning xatolarini sanab, sanog‘iga etish qiyin, darvozabonlarni-ku  umuman gapirmasa ham bo‘laveradi.

Romero jarohati bois tarkibda tushib qolgach, qaydnomadagi har uchchala darvozabonning yoshlari 30 dan oshgan edi.

arg keepers

Qizig‘i, ularning hech bir terma libosida 7 tadan ko‘p o‘yin o‘tkazmagan. Armani Frantsiyaga qarshi o‘yinda o‘z darvozasiga berilgan barcha aniq zarbalarni  o‘tkazib yubordi. Kabaleroga to‘xtalib o‘tirish ham shart emas…

Shahzod Xolboev tayyorladi

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!