
Argentinaning eng nomdor jamoasi a’zolarida koronavirus aniqlandi
Argentinaning eng nomdor jamoasi - "Boka Xuniors"da koronavirus bilan bog‘liq bir nechta holatlar qayd etildi.
“Bir nechta futbolchida koronavirus belgilari paydo bo‘ldi. Ularning ayrimlari topshirgan testlar musbat natija berdi”, - deyiladi klub matbuot xizmati bergan xabarda.
Yuqoridagi holatdan so‘ng, rahbariyat jamoa mashg‘ulotlarini 72 soatga to‘xtatishga qaror qildi. Ta’kidlash kerakki, ayni damda Argentinada Covid-19 bilan bog‘liq 400 mingdan ortiq holat qayd etilgan.
Fikrlar