
Arina Sobolenko Dohada tennis malikasiga aylandi
Qatar poytaxti Doha shahrida o‘tkazilgan turnirda belaruslik tennischi Arina Sobolenko bosh sovrin sohibasiga aylandi.
Arina "Qatar Total Open" musobaqasining final uchrashuvida chexiyalik Petra Kvitovani ikki setda bir xil 6:3 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.
Ushbu g‘alaba latofatli A.Sobolenko uchun faoliyatidagi oltinchi sovrin bo‘ldi. Arina mazkur yutiqdan so‘ng 605,000 AQSh dollari hamda 900 reyting ochkosi bilan taqdirlandi.
Fikrlar