Arne Slot: Ekitike jarimaga tortilmaydi

  • 26 sentabr, 19:07
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Liverpul" bosh murabbiyi Arne Slot hujumchi Yugo Ekitikening jarimaga tortilmasligi haqida ta’kidladi. 

Tecno

"Yugo jarimaga tortilmaydi. Biz u bilan suhbatlashdik. Jamoadoshlaridan uzr so‘radi. Mayda narsalar uchun futbolchilarni jarimaga tortib, ularni ruhiyatini tushurishni istamayman. Ekitike - hali yosh va ko‘p narsalarni o‘rganishi va hissiyotlarni jilovlay bilishi kerak", - dedi niderlandiyalik mutaxassis.

Ma’lumot uchun, frantsiyalik forvard Angliya liga kubogi doirasida "Sautgempton"ga qarshi bahsda g‘alaba golini urganidan so‘ng libosini echib tashlagani uchun ikkinchi sariq kartochka bilan jazolanib maydondan chetlatilgan edi.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!