Arnold; "Siti"ni yanvar oyigacha mag‘lub qilishingiz mumkin"

  • 17 dekabr, 2024, 20:40
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

Xabaringiz bor, “Manchester Siti” so‘nggi 11 ta o‘yinning faqatgina bittasida g‘alaba qozonishga muvaffaq bo‘ldi. "Liverpul" va Angliya terma jamoaci himoyachisi Trent Aleksander-Arnold Xosep Gvardiola boshchiligidagi "shaxarliklar” haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

"Men har doim aytib kelganman. Agarda siz Gvardiola shogirdlari ustidan g‘alaba qozonmoqchi bo‘lsangiz, mavsumning dastlabki ikki yoki uch oylarida amalga oshiring. Bunga asosiy sabab sifatida aytishim mumkinki ular yangi yildan so‘ng boshqa darajaga chiqadi. Ishonchim komil, birinchi mavsumni o‘rganishadi, tahlil qilishadi. Keyin esa davraning ikkinchi qismida qattiq jang qilishadi" - deya ta’rif berib o‘tdi mersesaydliklar futbolchisi. 
 
Eslatib o‘tamiz, APLning 13-turi doirasida "Liverpul" o‘z uyida "Citi"ni qabul qilib, 2:0 hisobida g‘alaba qozondi. Uchrashuvda Trent 73 daqiqa harakat qilib, 7.8 ballni qo‘lga kiritgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!