Umid faqat Husanovdan! “Siti” muammolar girdobida...

  • 10 sentabr, 21:29
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Angliya futboli muxlislari, tahlilchilari, mutaxassislari xalqaro tanaffus tugashi va Premer-liganing qaynoq bahslari boshlanishini intizorlik bilan kutmoqda.

Tecno

Premer-liganing to‘rtinchi turidan o‘rin olgan uchrashuvlar orasida ko‘pchilikni Manchester derbisi qiziqtirayotgani sir emas.

Bitta g‘alabadan keyin ketma-ket ikki marta mag‘lubiyat alamini totib ko‘rgan “Manchester Siti” futbolchilari  “Etihad” stadioni mezbonlik qiladigan murakkab va o‘ta muhim uchrashuvda “Yunayted”dagi hamkasblarini qabul qiladi.

O‘z navbatida, Ruben Amorim shogirdlarining natijasi ham havas qilarli emas. “Manchester Yunayted” dastlabki uchta tur uch xil natija qayd etib, faqatgina oxirgi o‘yinda g‘alaba qozona oldi xolos.

Bo‘lajak uuchrashuvni tahlil qilayotgan ekspertlar xalqaro tanaffus davrida har ikki jamoada jarohat olganlarning ko‘pligini e’tibor qaratdi. Xususan, Buyuk Britaniyaning eng nufuzli manbasi – mirror.co.uk nashri bu borada o‘z maqolasini e’lon qildi.

Sports.uz portali ushbu tahlilda qalamga olingan ayrim ma’lumotlarni o‘zbekistonlik futbol ishqibozlari e’tiboriga havola etadi.

- Manchesterning har ikki klubida kelayotgan yakshanba bo‘ladigan derbi oldidan jarohatlarga bog‘liq muammolar bor. Bu bahs xalqaro tanaffusdan keyin ilk o‘yin bo‘ladi. O‘z mamlakatlari terma jamoalariga chaqirtirilgan futbolchilar sekin-asta klublariga qaytib, bo‘lajak uchrashuvlarga tayyorlanmoqda.

Lekin “Etihad”da bo‘ladigan to‘qnashuv oldidan umumiy hisobda har ikki jamoani qo‘shib hisoblaganda, 13 nafar futbolchi derbini o‘tkazib yuborishi mumkin.

“Manchester Siti”da vaziyat murakkabroq. Jarohat olganlarga oid ma’lumotlar bilan tanishing:

Umar Marmush – Misrning Burkino-Fasoga qarshi uchrashuvida tizzasini shikastlab oldi va 9-daqiqadayoq maydonni tark etdi. Hujumchi derbini aniq o‘tkazib yuboradi. Manchesterga kelishi bilan qo‘shimcha tibbiy tekshiruvlardan o‘tkaziladi.

Rayan Sherki – yozda “Siti”ga qabul qilingan yarim himoyachi sonidan olgan jarohati tufayli ikki oy davolanishiga to‘g‘ri keladi.

Fil Foden va  Savino – ikki hujumkor futbolchi Premer-liganing avvalgi turida “Brayton”ga qarshi uchrashuvni o‘tkazib yubordi. Ularning ahvoli haqidagi yakuniy ma’lumotni Xosep Gvardiola derbi oldidan tashkil etiladigan matbuot anjumanida beradi.

Mateo Kovachich va Kelvin Fillips –  hamon uzoq muddatga safdan chiqqan o‘yinchilar ro‘yxatida qolmoqda.

Jon Stounz – derbida qatnashishi dargumon. Tajribali himoyachi jarohati tufayli Angliya terma jamoasi yig‘inidan qaytarib yuborilgan.

Abduqodir Husanov – “Brayton” bilan uchrashuv oxirida jarohat olgan himoyachi O‘zbekiston terma jamoasi yig‘iniga bormadi va jarohatini davoladi. Muhim uchrashuv oldidan safga qaytish ehtimoli juda katta.

Yoshko Gvardiol – bu mavsum biror marotaba maydonga tushmadi va o‘yinga tayyor emas.

“Manchester Yunayted”ning yo‘qotishlari u qadar qo‘rqinchli emas. Ruben Amorimda tarkib tanlashda turli variantlar etarli.

Lisandro Martines – tizzasidan olgan jarohatidan tiklanmoqda.

Diogu Dalot – mushaklarida og‘riq sezgani uchun Portugaliya terma jamoasi yig‘inini erta tark etdi. Derbida ishtirok eta olmasligi aytilyapti.

Meyson Maunt va Mateus Kunya –  avvalgi turda “Byornli” bilan o‘yinda shikastlangan. Ruben Amorim bo‘lajak uchrashuvda ularni maydonga tushishini kutmoqda. Kunya ijtimoiy tarmoqlarda mashg‘ulotlarga kirishganini ko‘rsatdi, - deb yozdi mirror.co.uk nashri jurnalisti Feliks Keyt.

Eslatib o‘tamiz, “Manchester Siti” va “Manchester Yunayted” uchrashuvi 14 sentyabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 20:30 da boshlanadi.

Husanov – terma jamoada!

Husanov Xolandni “Real”ga kuzatib qo‘yadi...

Mbappe Husanovning jamoasini tilga oldi

Gvardiola Husanov yordamida Amorimga syurpriz tayyorlayapti!

Xoland avtobusga urildi

Husanovni tanqid qilishdi: “O‘ylamay o‘ynayapti!”

Tezkor: Husanovning ahvoli bo‘yicha ma’lumot chiqdi!

Husanovda ayb yo‘q!

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!