"Arsenal" 40 million evroga himoyachi sotib olmoqchi

  • 05.07.2023 11:56
  • Suhrob Xolbekov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Yozgi transferlar oynasida faol harakat qilayotgan "Arsenal" o‘ng qanot himoyachisi sotib olmoqchi. Klub radariga "Bayer Leverkuzen" futbolchisi Jeremi Frimpong tushdi, deya xabar bermoqda "BILD" nashri. 

Ma’lum bo‘lishicha, mazkur transfer "kanonirlar"ga 40 million funtga tushishi mumkin. Klub Frimpong uchun kurashda yolg‘iz emas. "Manchester Yunayted" ham himoyachini o‘z tarkibiga qo‘shib olishga harakat qilmoqda. 

22 yoshli futbolchi top klubga o‘tishga qarshi emas. Uning "Bayer" bilan tuzgan shartnomasi 2025 yilgacha amal qiladi. Nemis jamoasi ham Jeremiga yaxshiroq taklif kelsa, uni qo‘yib yuborishga tayyor.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!