“Arsenal” 80 millionga olingan hujumchini haydayapti

  • 3 sentabr, 2023, 15:07
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Arsenal” klubi rahbariyati ivuarlik hujumchi Nikolya Pepe bilan hamkorlik qilishdan bosh tortmoqda.

Tecno

Londonliklar afrikalik futbolchini yozgi transferlar vaqtida sotib yubora olmadi. Endi klub mutasaddilari bu o‘yinchi bilan amaldagi shartnomani bir tomonlama bekor qilmoqchi.

“Arsenal” bu o‘yinchini 2019 yili “Lill”dan 90 million evroga transfer qilgan edi. Pepe keyinchalik asosiy tarkibga kira olmay qoldi.

Hujumchi o‘tgan mavsumni ijara asosida “Nitstsa”da o‘tkazib, 19 ta o‘yinda oltita to‘p kiritdi. “Arsenal” bilan shartnomasi kelasi yoz tugaydigan o‘yinchi ayni paytda 18 million evroga baholanmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!