“Arsenal” Germaniyadan zo‘r hujumchi topdi
Leverkuzening “Bayer” jamoasida to‘p surayotgan yamaykalik hujumchi Leon Beyli o‘z faoliyatini Angliyada davom ettirishga yaqin turibdi.
Bild nashrining xabar berishicha, “Arsenal” rahbariyati 20 yoshli futbolchiga qiziqish bildirmoqda. Yosh iqtidor egasining transferi 30 million funtga baholanmoqda.
The Sun nashrining ma’lum qilishicha, “Bayer” futbolchisila “Manchester Yunayted” va “Chelsi” klublari ham qiziqish bildirgan.
Joriy mavsumda Leon Beyli Bundesligada 14 ta o‘yin o‘tkazib, 6 ta gol va 4 ta golli pasga mualliflik qildi.



Fikrlar