"Arsenal" Gyundoganni "Barselona"dan "tortib olmoqchi"

  • 19 may, 2023, 12:25
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Kataloniyaning “Barselona” klubiga o‘tishga yaqin turgan “Manchester Siti” yarim himoyachisi Ilkay Gyundogan Angliya Premer-ligasida qolishi mumkin.

Tecno

Bild nashri xabariga ko‘ra, yarim himoyachining transferiga "Arsenal" qiziqish bildirmoqda. Germaniyalik futbolchining transferi tashabbuskori "kanonirlar" bosh murabbiyi Mikel Arteta hisoblanadi. Aytish kerakki, ispaniyalik mutaxassis “Siti”da Gyundogan bilan birga faoliyat yuritgan.

Eslatib o‘tamiz, Ilkay "Manchester Siti"da 2016 yilning yozidan buyon to‘p surib kelmoqda. 32 yoshli germaniyalik futbolchining “shaharliklar” bilan tuzgan amaldagi mehnat shartnomasi joriy yil iyun oyi oxirida tugaydi.

Gyundogan joriy mavsum Premer-ligada 30 ta o‘yinda maydonga tushib, 8 ta gol va 4 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!