
"Arsenal" hujumchisi mavsumning qolgan qismini o‘tkazib yuborishi mumkin!
"Arsenal" hujumchisi Gabriel Jezus mavsumning qolgan qismini o‘tkazib yuborishi mumkin. "The Athletic" nashri xabariga ko‘ra, braziliyalik futbolchining xochsimon paylari uzilgani gumon qilinmoqda.
Bugun Jezus tibbiy ko‘rikdan o‘tadi, shundan so‘ng uning holati aniq bo‘ladi. Qayd etilishicha, “Arsenal” allaqachon hujumchi qidirishni boshlagan. Nomzodlar boshqa chempionatdan bo‘lishi kutilmoqda.
27 yoshli forvard joriy mavsumda “to‘pchilar” safida barcha turnirlar doirasida 27 ta o‘yinda maydonga tushib, 7 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Jezusning London klubi bilan shartnomasi 2027 yilning 30 iyuniga qadar amal qiladi.
Fikrlar