"Arsenal" katta transferni e’lon qildi

  • 6 iyul, 16:32
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Arsenal" klubi rasmiy saytida yarim himoyachi Martin Zubimendi "Real Sosedad"dan transfer qilinganini e’lon qildi. Ta’kidlanishicha, 26 yoshli futbolchi London klubi bilan uzoq muddatli shartnoma imzolagan.

Tecno

Avvalroq, nufuzli jurnalist Fabritsio Romano "kanonirlar" ispaniyalik futbolchining transferi uchun taxminan 65 mln evro to‘lashi haqida xabar bergan edi. Xabar qilinishicha, bu summa bo‘lib to‘lanadi.

O‘tgan mavsumda futbolchi "Real Sosedad" safida barcha musobaqalarda 48 ta o‘yinda maydonga tushib, 2 ta gol va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Transfermarkt portali 26 yoshli yarim himoyachining narxini 60 mln evroga baholamoqda.

Zubimendi Ispaniya terma jamoasi safida 19 ta o‘yinda maydonga tushib, ikkita gol urgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!