"Arsenal" kecha "Siti" darvozasiga birorta ham aniq zarba berolmadi va ...

  • 18 iyun, 2020, 10:42
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Kecha Angliya premer-ligasining 28-turida “Arsenal” safarda “Manchester Siti” mehmoni bo‘ldi va 0:3 hisobida mag‘lub bo‘ldi.

Tecno

Mikel Arteta boshqaruvidagi “kanonirlar” shu kuni yirik hisobda mag‘lub bo‘lishdan tashqari, yana bir noxush statistikani qayd etishdi. OptaJoe tarqatgan xabarga ko‘ra, “Arsenal” “Etixad”dagi o‘yinda “Siti” darvozasiga birorta ham aniq zarba yo‘llay olishmadi.

“Arsenal” so‘nggi bor APL uchrashuvida bunday statistikani 2017 yil “Liverpul”ga (4:0) qarshi bahsda qayd etgan edi.

Hozirda “Arsenal” premer-liga musobaqa jadvalida 40 ochko bilan 9-o‘rinda bormoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!