“Arsenal” kuchayadi: Transferlarga 100 million funt ajratildi

  • 13 avgust, 2021, 21:07
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

“Arsenal” rahbariyati yozgi transferlar oxirigacha yana 100 million funt miqdoridagi mablag‘ evaziga yangi futbolchilarni oladi.

Bosh murabbiy Mikel Arteta birinchi navbatda ishonchli darvozabon, kreativ yarim himoyachi va to‘purar hujumchiga ehtiyoj sezmoqda. Yangi hujumchi masalasi ko‘proq Aleksandr Lyakazettning boshqa jamoaga o‘tkazishga bog‘liq. Londonliklar uni “Roma”ga taklif qildi.

Arteta frantsiyalik hujumchi o‘rniga “Chelsi” vakili Temmi Abraxam yoki “Inter” yulduzi Lautaro Martinesni olmoqchi.

Hozircha, “to‘pchilar” yozgi transferlar vaqtida uch futbolchini o‘z safiga qo‘shib oldi. Himoyachilar Ben Uayt va Nunu Tavares, yarim himoyachi Sambi Lokong yangi mavsumda londonliklar libosida maydonga tushadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!