"Arsenal" "Real" qiziqqan futbolchisi bilan shartnomani uzaytirdi

  • 30 sentabr, 14:59
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Londonning "Arsenal" klubi matbuot xizmati markaziy himoyachi Uilyam Saliba bilan shartnoma uzaytirilganini e’lon qildi. Avvalroq, insayder Fabritsio Romano futbolchi 2030 yilgacha mo‘ljallangan kelishuvga imzo chekishini ma’lum qilgandi.

Tecno

Frantsiyalik himoyachi "Arsenal" safida 2019 yildan buyon to‘p surib kelmoqda. Nufuzli "Transfermarkt" internet portali 24 yoshli futbolchining bozor narxini 80 mln evroga baholamoqda. Angliya Premer-ligasining joriy mavsumida Uilyam Saliba 4 ta o‘yinda maydonga tushdi. Shuningdek, uning hisobida Angliya Liga kubogida bitta o‘yin va bitta golli uzatma bor.

Joriy mavsum APLning 6 turidan so‘ng "Arsenal" APL turnir jadvalida 2-o‘rinni egallab turibdi.

Avvalroq, matbuotda himoyachiga "Real Madrid" jiddiy qiziqqani haqida ko‘plab xabarlar tarqalgan edi. Madridliklar Salibani shartnomasi yakunlangach erkin agent sifatida o‘z saflariga qo‘shib olishmoqchi bo‘lishgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!