
"Arsenal" "Real"ning rejasini buzmoqchi
"Real" himoya chizig‘ini kuchaytirish ustida ish olib bormoqda va so‘nggi paytlarda matbuot madridliklarni Uilyam Saliba bilan bog‘lamoqda. Frantsiyalik himoyachi "Arsenal" safida yuqori darajada o‘yin ko‘rsatayotgani sababli, Madrid klubining unga qiziqish bildirayotgani ajablanarli emas.
Madrid grandining qiziqishiga javoban, "Arsenal" Salibani jamoada saqlab qolishni rejalashtirmoqda. London klubi 23 yoshli futbolchiga yangi shartnoma taklif qilish niyatida. Agar kelishuv imzolansa, Saliba "kanonirlar" safidagi eng ko‘p maosh oluvchi futbolchilardan biriga aylanadi.TBR Football nashrining xabariga ko‘ra, uning haftalik maoshi 250 ming funt sterling bo‘lishi mumkin.
Manbaga ko‘ra, "Arsenal" rahbariyati frantsiyalik himoyachi bilan shartnomani uzaytirishiga ishonmoqda.
Fikrlar