"Arsenal" tarixiy natija qayd etdi — 8 ta turda 10 ta standartdan gol!
APLning sakkizinchi turidan o‘rin olgan bahsda "Arsenal" safarda "Fulxem"ni 1:0 hisobi bilan mag‘lub etdi. O‘yindagi yagona golni Leandro Trossard burchak zarbasidan keyin urdi.
Bu gol "Arsenal" uchun joriy mavsumdagi chempionatda standart holatlardan kiritilgan o‘ninchi to‘p bo‘ldi. "OptaJoe" nashrining ma’lumotiga ko‘ra, Angliya Premer-ligasi tarixida ilk sakkiz tur ichida bunday natijaga hech bir jamoa erishmagan.
Mikel Arteta shogirdlari 8 ta o‘yindan so‘ng 19 ochko to‘plab, turnir jadvalida peshqadamlikni davom ettirmoqda. Yaqin ta’qibchi bilan farq — 3 ochko. Keyingi turda "to‘pchilar" o‘z maydonida "Kristal Pelas"ni qabul qiladi.



Fikrlar