"Arsenal" yulduzi ispanlarning yetakchi klubiga o'tib ketmoqchi
Futbolga oid nufuzli manbalarga ko‘ra, «Arsenal» jamoasi vingeri Gabriyel Martinelli joriy transfer oynasida jamoasini tark etishi ehtimoli bor.
Futbolchiga jiddiy qiziqish bildirgan klublardan biri – «Atletiko». Madrid jamoasi Martinellini sotib olish uchun 70 million yevro taklif etgani xabar qilinmoqda. Braziliyalik vingerning «Arsenal» bilan amaldagi shartnomasi 2027 yil yoziga qadar mo‘ljallangan. Transfermarkt portali futbolchining bozor qiymatini 45 million yevro atrofida baholamoqda.
O‘tgan mavsumda Gabriyel Martinelli «Arsenal» safida barcha musobaqalar doirasida 53 o‘yin o‘tkazdi. U shu davr mobaynida 11 ta gol urdi va 7 ta golli uzatma muallifiga aylandi.

Fikrlar