
Arteta: "Brayton"ga qarshi uchrashishni intiqlik bilan kutyapmiz"
Angliya premer-ligasining 31-turida "Arsenal" o‘z maydonida "Luton"ni qabul qilib, 2:0 hisobida zafar quchdi. Gollardan birini Edegor urgan bo‘lsa, Hashioka o‘z darvozasini ishg‘ol qilib qo‘ydi.
Londonliklar bosh murabbiyi Mikel Arteta ushbu uchrashuv haqida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi. "G‘alabadan juda xursandman. Oson o‘yin bo‘lmadi, raqibni hurmat qilishimiz kerak. Ular bizga anchagina muammo tug‘dirdi. Zaxiradan maydonga tushgan yigitlardan mamnunman. Ular o‘yinga kreativlik olib kira oldi. Biz "Brayton" bilan uchrashishni intiqlik bilan kutyapmiz", - deya ispaniyalikning so‘zlarini keltirdi BBC.
Ma’lumot uchun, "Arsenal" 68 ochko jamg‘arib, "Liverpul"ni ortda qoldirib, turnir jadvalida birinchi o‘ringa chiqib oldi.
Fikrlar