Arteta chempionlikni qanday tasavvur qilganini aytdi

  • 23.05.2026 13:38
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Arsenal" bosh murabbiyi Mikel Arteta Angliya Premier ligasidagi chempionlikdan keyin muvaffaqiyatni oldindan tasavvur qilib kelganini ma'lum qildi.

"Men g'alabani ko'p marta tasavvur qilganman. Ayniqsa, so'nggi bir necha mavsumda chempionlikka juda yaqin kelgandik. Ammo bu safar boshqacha his bo'ldi.

Oxirgi bir necha oy davomida vizualizatsiya bilan ko'p shug'ullandim. Ko'zlarimni yumsam, shu manzarani darhol ko'rardim. Bu avvalgi mavsumlardan farq qilardi. Buni mavsum boshidan emas, mart-aprel oylaridan boshlaganman.

Nimani tasavvur qilardim? Qo'limda kubokni ko'tarib turganimni. Xolos. Menimcha, jamoaga ishonch va energiya berish uchun avval o'zim ishonishim kerak edi", — dedi Arteta.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!