Arteta “Real” futbolchisining shov-shuvli transferiga tayyorlanyapti

  • 1 noyabr, 2023, 19:02
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Arsenal” bosh murabbiyi Mikel Arteta o‘z jamoasida “Real” tayanch yarim himoyachisi Orelen Tchuamenini ko‘rmoqchi.

Tecno

Taniqli insayder Ekrem Konur tarqatgan ma’lumotga qaraganda, “kanonirlar” tez orada frantsiyalik futbolchi transferi bo‘yicha madridliklar bilan muzokara boshlashga tayyorlanmoqda.

23 yoshli Tchuameni “Qirollik klubi”da 2022 yildan beri to‘p tepmoqda. Madidliklar iste’dodli o‘yinchi bilan 2028 yilning yarmigacha davom etadigan shartnoma tuzib qo‘ygan.

London klubi Madrid vakillarini transferga ko‘ndirishi ancha qiyin bo‘lishi ta’kidlanmoqda. Biroq “Arsenal” mutasaddilari bir urinib ko‘rmoqchi. Transferni amalga oshirish uchun 100 million evro atrofida xarajat qilishga to‘g‘ri keladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!